«Universalbank»ka boshqaruv raisi tayinlandi

«Universalbank» aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida bank boshqaruv raisi tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, shu vaqtga qadar bankda boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan Buvanazarov Alisher Anvarovich bank boshqaruv raisi etib tasdiqlangan. Bu haqda moliya muassasasi tomonidan Korporativ axborot yagona portalida ma’lumot qoldirilgan.
Alisher Buvanazarov 1985 yil 19 martda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 2005 yildan bugungi kunga qadar Universal bank tizimida faoliyat olib bormoqda.
Tartibga ko‘ra, A.Buvanazarov Markaziy bank roziligidan so‘ng ushbu lavozimda ishlashga rasman kirishishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bankning avvalgi boshqaruv raisi Zafarjon To‘raqulov o‘tgan yil dekabr oyida Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar hokimi etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter