Urush qatnashchilariga qimmatbaho qo‘l soatlari sovg‘a qilinmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi farmoyishiga muvofiq, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga qimmatbaho qo‘l soatlari sovg‘a qilinmoqda.
Madaniyat vazirligining «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali Bosh direksiyasi qo‘l soatlarini xarid qilish uchun xususiy korxona bilan istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat berilgan. Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan 3 038,0 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston Respublikasida jami 1065 dona qo‘l soatini taqsimlash ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter