Xorazmda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Xorazm viloyatining barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» hissadorlik jamiyati matbuot xizmatiga ko‘ra, uzilishlar kecha — 7-yanvar soat 00.00 dan bugun — 8-yanvarning soat 22.00gacha davom etadi. Bunga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh Issiqlik energiya stansiyasi blokida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Bugunga qadar Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minotida 2020-yil hisobiga ko‘ra uzilishlar kuzatilmagan edi.
Demak, bugun kech soat 22.00dan keyin xonadonlarga yana yorug‘lik qaytishi kutilmoqda. Ko‘ramiz...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter