Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakshanba kuni kunduzi kutilayotgan ob-havo bilan tanishing

Yakshanba kuni kunduzi kutilayotgan ob-havo bilan tanishing

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.

Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 32-34° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring