Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakshanbadan havo harorati pasayishni boshlaydi

Yakshanbadan havo harorati pasayishni boshlaydi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» xabar berishicha, kelayotgan yakshanbadan mamlakatimizning barcha hududlarida havo harorati pasayishni boshlaydi.

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubda bugun kunduzi 37-39 darajagacha bo‘ladi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha harorati pasayishni boshlaydi. Havo harorati kunduzi 25-30 darajadan, janubda 33-35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Bugun kunduzi shimolda va cho‘l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati: bugun 33-35 daraja, ertaga 31-33 daraja, yakshanba kuni 27-29 daraja bo‘ladi.

Harorat asosan kechalari 16-19 daraja bo‘ladi.

Keyingi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi Havo harorati kechalari 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 20-25 darajagacha pasayadi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring