Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyer shahar hokimi 45 yoshida vafot etdi

Yangiyer shahar hokimi 45 yoshida vafot etdi

Yangiyer shahar hokimi Xo‘jayev Ilyor Axmad o‘g‘li betoblik tufayli bevaqt vafot etdi.

Ilyor Axmad o‘g‘li 1977 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1999 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Guliston shahar, Boyovut tumani Moliya bo‘limi rahbari, Guliston shahar hokimining birinchi o‘rinbosari kabi turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring