Yaqin ikki kunda ob-havo bo‘yicha «syurpriz»lar kutiladi

28-29-iyul kunlaridan boshlab respublikaga asta-sekin salqin havo qaytadi.
Ural hududlaridagi nam havo oqimi bu safar «so‘nib borayotgan» issiq havo oqimini respublika hududlaridan butunlay «haydab yuborish» quvvatiga ega bo‘ladi, deya yozadi meteorolog Erkin Abdulahatov.
Mazkur holat uzoq muddat kuzatilgan jazirama havo o‘rniga salqin havo qaytishiga sabab bo‘ladi. 29-iyuldan janub viloyatlardan tashqari boshqa viloyatlarda aholi kunlar anchagina salqinlaganini o‘z tanasida his qiladi.
Yuqoridagi kartada 26-iyul kuni Uralda nam havo oqimlaridan hududlarda bir sutkada 10-13 mm gacha yog‘in yog‘gani ko‘rsatilgan. Demak, bizning mintaqadagi tog‘lar va shimolda ham bu oqimdan 3-6 mm ga yaqin yog‘in yog‘ishini prognoz qilish mumkin. Bu sel-suv toshqin keltirib chiqarmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘yicha 25-29-iyulga ob-havo prognozida havo pasayishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter