«Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar ittifoqining o‘rni»

Kecha, 30-mart kuni Ichki ishlar vazirligida Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi bilan hamkorlikda «Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar ittifoqining o‘rni» mavzusida seminar mashg‘ulot tashkil etildi.

Tadbirda Vazirlik markaziy apparati sohaviy xizmatlari, Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBdagi Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari qatnashdilar.
Seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bo‘lim boshliqlari Otabek Yuldashev hamda Durdona Raximova ma’ruza qildilar.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari Vazirlik kutubxonasida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, ularga elektron adabiyotlardan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Ushbu kutubxonaga bugungi kunda 5000 dan ortiq yangi adabiyotlar olib kelingan, elektron kutubxona esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bazasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter