Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritildi. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan nutq so‘zladi.
Viloyat hokimi o‘z so‘zida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir va kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalarga to‘xtaldi. Jumladan, xizmatlar, investitsiya, budjet tushumlarini ta’minlash borasida hudud bugun viloyatda eng oxirgi o‘rinlarda ekanligi qayd etildi, deyiladi xabarda.
Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Do‘stbekov Shuhrat Begimqulovich yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.
Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Nizomiddinov Zaynilobiddin Shahobiddinovich nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter