Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayevning birinchi o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimdan ozod etildi

Zoyir Mirzayevning birinchi o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimdan ozod etildi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi.

Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abdurasul Abdullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

Bugun viloyat hokimligida Zoyir Mirzayev Abdurasul Abdullayev bilan samimiy xayrlashib, kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi, deyiladi Toshkent viloyati hokimligi xabarida. 

Ohangaron tumani sobiq hokimi Erkin Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qiziq tomoni Abdurasul Abdullayev ham viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari bo‘lgunga qadar Ohangaron tumanini boshqargan (2020-2023-yillar). 

A.Abdullayev 1968-yil Qashqadaryoda tug‘ilgan. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan. O‘z vaqtida «O‘zchorvanasl»ga rahbarlik qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring