Zoyir Mirzayevning birinchi o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimdan ozod etildi
Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abdurasul Abdullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
Bugun viloyat hokimligida Zoyir Mirzayev Abdurasul Abdullayev bilan samimiy xayrlashib, kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi, deyiladi Toshkent viloyati hokimligi xabarida.
Ohangaron tumani sobiq hokimi Erkin Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qiziq tomoni Abdurasul Abdullayev ham viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari bo‘lgunga qadar Ohangaron tumanini boshqargan (2020-2023-yillar).
A.Abdullayev 1968-yil Qashqadaryoda tug‘ilgan. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan. O‘z vaqtida «O‘zchorvanasl»ga rahbarlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter