Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarga beriladi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarga beriladi

Foto: «Turkiston - press»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2-fevral kuni «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolangani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorlarga beriladi.

Shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

Bundan tashqari, mazkur farmon bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladigan «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring