Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zulfiya nomidagi mukofotga e’tiborsizlik qilganlar jazolandi

Zulfiya nomidagi mukofotga e’tiborsizlik qilganlar jazolandi

Jurnalist va erkin ijodkor Nodirabegim Ibrohimova Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga hujjat topshirib, tashkilotchilar va mahalla qo‘mitasining e’tiborsizligi tufayli nohaqlik bo‘ldi deb hisoblagan edi.

Masala bir kunning o‘zida ijobiy hal etildi. N.Ibrohimovaga Xotin-qizlar qo‘mitasidan vakil kelib, uni qayta hujjat topshirishga ko‘ndirgan. Va adolat qaror topib, ijodkor keyingi bosqichga o‘tgan. Aslida nima bo‘lgan edi?

"Zulfiya nomidagi mukofot haqidagi tanqidiy fikrimdan so‘ng Xotin-qizlar qo‘mitasi va mahalla qo‘mitasi menga ko‘p bora qo‘ng‘iroq qilishdi, uyimga ham kelishdi. Mahalla qo‘mitasi xodimining e’tiborsizligi tufayli xujjatlarim Xotin-qizlar qo‘mitasiga yetib bormagani, buning uchun xodimga xayfsan berilgani, darhol qayta komissiya tuzilib, ishimni ko‘rib chiqishini ta’kidlashdi.

Avvaliga bormayman, deb rad etdim. Ammo shuncha odam yig‘ilib katta majlislar zalida o‘tirganini aytib ko‘p bora bog‘lanishdi. Farzandlarim bilan bordim. Chindan ham yettita komissiya a’zosi anchadan beri kutib o‘tirishgan ekan. Ular papkamni darhol ko‘rishdi, savollar berishdi, uchta shart bo‘yicha sinashdi va barcha yuqori ball hamda kerakli tavsiyalar bilan keyingi bosqichga yo‘llanma berishdi.

Sergeli tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bunday holat uchun shaxsan uzr so‘rab, bu haqda kecha bilganini va qayta komissiya tuzish uchun buyruq berganini aytdi. Shikoyatimdan so‘ng ular baribir hujjatlarimdan kamchilik topib, qabul qilishmasa kerak, deb o‘ylagandim. Lekin sinov jarayoni xolis o‘tdi. Shikoyatim e’tiborsiz qolmadi. Avval aytganimdek, gap mukofotda emas, barchasi adolatli o‘tsa, hech kimda gina qolmaydi", deb yozgan Nodirabegim Ibrohimova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring