Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tantashev JCh-2026 eng yaxshi hakamlari o‘nligiga kirdi

Tantashev JCh-2026 eng yaxshi hakamlari o‘nligiga kirdi

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) JCh-2026da ishlagan bosh hakamlar reytingini e’lon qildi.

O‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev bu reytingda 10-o‘rinni egalladi.

Tantashev uchta o‘yinga hakamlik qildi: Shotlandiya — Marokash, Jazoir — Avstriya hamda pley-offdagi Paragvay — Fransiya o‘yini. U har o‘yinda o‘rtacha ikkitadan sariq kartochka ko‘rsatgan.

Mundialda jami 52 nafar bosh hakam ishladi.

JCh-2026ning eng yaxshi hakamlari (top-10, IFFHS):

• Slavko Vinchich (Sloveniya);
• Ismoil Elfat (SShA);
• Ivan Barton (Salvador);
• Kleman Tyurpen (Fransiya);
• Maykl Oliver (Angliya);
• Juan Pedru Pineyru (Portugaliya);
• Fakundo Telo (Argentina);
• Xesus Valensuela (Venesuela);
• Adham Muhammad (Iordaniya);
• Ilgiz Tantashev (Uzbekistan).

Katta ehtimol bilan shov-shuvli Paragvay — Fransiya o‘yini hakamimizga yanada yuqori o‘rinni egallashiga xalaqit bergan. O‘shanda Tantashev ancha tanqidga uchragandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring