Eldor Shomurodovning goli mundialning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin
FIFA rasmiy saytida JCh-2026ning «Eng yaxshi gol» (Goal of the Tournament) nominatsiyasi bo‘yicha ovoz berish boshlandi.
Mundialda Kilian Mbappe, Erling Holand, Lionel Messi, Jud Bellingem va Vinisius Junior kabi jahon futboli yulduzlari tomonidan urilgan eng chiroyli 12 ta gol ovozga qo‘yilgan.
Ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib «parashyut» zarbasi ham o‘rin olgan.
Hamyurtimizga ovoz berish orqali uning goli futbol tarixidan munosib joy olishiga hissa qo‘shishimiz mumkin!
Ovoz berish jarayoni 27-iyulgacha davom etadi.
Ovoz berish tartibi:
1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting.
2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va «VOTE» tugmasini bosing.
3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun «CREATE A FIFA ID ACCOUNT» tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter