Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+168. Koronavirus yuqtirganlar soni ma’lum qilindi

+168. Koronavirus yuqtirganlar soni ma’lum qilindi

2020-yil 29-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8199 (+168) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Buxoro viloyati (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida)  va yana 1 nafari Jizzax viloyatida karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda poytaxtimiz va Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 97 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.

Shunday qilib, yurtimizda 5426 (+97) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 2750 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring