21 sentyabrda koronavirusga chalinganlardan ko‘ra tuzalganlar ko‘proq

Shu yilning 21-sentyabr kuni mamlakatimizda 619 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, bugun 5 nafar koronavirusga chalingan bemor (3 nafar erkak, 2 nafar ayol) vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Jizzax, Andijon, Buxoro hamda Farg‘ona viloyatlarida 674 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 52 259 nafar bemordan 48 606 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 215 nafar bemordan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter