Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3444. Yana aholi orasida kasallanishlar aniqlandi

3444. Yana aholi orasida kasallanishlar aniqlandi

2020-yil 28-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3444 (+7) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 26-mayida Qozog‘istondan Toshkent viloyatidagi chegara posti orqali kirib kelgan 4 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2694 (+26) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.

Avval xabar qilganimizdek, tuzalganlarning 5 nafari Andijon viloyati, 4 nafari Samarqand viloyati hamda 17 nafari Toshkent shahridan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 736 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 5 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring