4-oktyabr kuni yurtimizda koronavirus bemorlari soni kamaydi

Bugun mamlakatimizda 449 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 482 nafarga yetdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Samarqand, Andijon hamda Qashqadaryo viloyatlarida 464 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 58 687 nafar bemordan 55 318 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 887 nafar bemordan 565 nafari og‘ir, 301 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter