Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-sentyabr kuni qancha odam koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi

8-sentyabr kuni qancha odam koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

2021-yil 8-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 162421 (+653) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
41 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
19 nafari Andijon viloyatida,
12 nafari Buxoro viloyatida,
17 nafari Jizzax viloyatida,
12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
7 nafari Navoiy viloyatida,
18 nafari Namangan viloyatida,
68 nafari Samarqand viloyatida,
14 nafari Sirdaryo viloyatida,
16 nafari Surxondaryo viloyatida,
55 nafari Farg‘ona viloyatida,
25 nafari Xorazm viloyatida,
107 nafari Toshkent viloyatida,
242 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1137 nafarni tashkil qildi.

8-sentyabr kuni 135 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 24956 nafarga yetdi. Kecha ularning 305 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 18626 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 198 nafarga yetdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring