Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh koronavirusga qarshi vaksinatsiya qachon boshlanishini ma’lum qildi

AQSh koronavirusga qarshi vaksinatsiya qachon boshlanishini ma’lum qildi

Foto: «Ptoday.ru»

AQShda koronavirusga qarshi vaksinatsiya 11-dekabrda boshlanishi mumkin. Buni AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining vaksinalar bo‘yicha maslahatchisi Monsef Slaui ma’lum qildi, deb yozadi CNN.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 10-dekabr kuni oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasining maslahat qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Slauining fikricha, vaksina tasdiqlangandan so‘ng 24 soat ichida vaksinatsiya amalga oshiriladigan joylarga yetkazish imkoniyati bo‘ladi.

«Shu bois vaksina tasdiqlanadigan kunning ertasi — 11 yoki 12-dekabr kuni amalga oshishini kutmoqdaman», — deya aniqlik kiritdi Trampning maslahatchisi.

Avvalroq Amerikaning «Moderna» farmatsevtika kompaniyasi direktori Stefan Bansel o‘zlari tayyorlayotgan koronavirusga qarshi vaksinaning narxini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta doza vaksinaning bahosi Yevropa mamlakatlari uchun buyurtma hajmidan kelib chiqib 25 — 37 dollar atrofida bo‘ladi.

«Moderna» kompaniyasining koronavirusga qarshi mRNA-1273 vaksinasining uchinchi bosqich sinovlari preparat samaradorligini 94,5 foiz darajada ko‘rsatdi. Shunda Bansel preparat ishlab chiqarishning burilish nuqtasini e’lon qildi. «Oraliq tahlil natijalari bizning vaksinamiz COVID-19 bilan kasallanishga chek qo‘yishi mumkinligi haqida birinchi klinik tasdiqni berdi», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring