AQShda qariyb 50 mingta COVID-19 holati qayd etildi

AQShda COVID-19ni yuqtirib olganlar soni o‘tgan bir kecha-kunduzda qariyb 50 mingtaga ko‘paydi, 687 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi Jons Xopkins universiteti o‘z manbalariga tayanib.
Universitet hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan 24 soat ichida AQShda 49 994 kishi koronavirusni yuqtirib oldi.
Bir kun avval bu ko‘rsatkich 54 441 kishini tashkil etgani va 906 nafar bemor vafot etgani xabar berilgandi.
Universitetning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, butun epidemiya davomida AQShda 7,3 million kishi koronavirusga chalindi. Ulardan 209 ming nafari olamdan o‘tdi. 2,8 million kishi davolangani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter