Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh hududda koronavirusga chalinganlar qayd etildi

Besh hududda koronavirusga chalinganlar qayd etildi

2020-yil 28-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 776 (+183) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 46 nafari Toshkent shahrida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 13 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,

4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar:

  • Toshkent shahrida 167 nafar,
  • Toshkent viloyatida 98 nafar,
  • Namangan viloyatida 54 nafar,
  • Buxoro viloyatida 18 nafar,
  • Andijon viloyatida 13 nafar,
  • Samarqand viloyatida 9 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 52 324 (+359) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizning davolash muassasalarida 2 992 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring