Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birato‘la beshta hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Birato‘la beshta hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020-yil 3-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 797 (+109) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 52 nafari Toshkent viloyatida, 38 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Buxoro viloyatida, yana 7 nafari Farg‘ona viloyatida hamda 5 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 53 yoshli X.R. (erkak) vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 155 nafar, Toshkent viloyatida 93 nafar, Sirdaryo viloyatida 17 nafar, Xorazm viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 40 176 (+293) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 287 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring