Eron qariyb yuz ming mahbusni qamoqdan ozod qildi
Eron koronavirus tufayli 100 mingga yaqin mahbusni vaqtincha qamoqxonalardan ozod qildi, dedi mamlakat sudi vakili G‘ulomhusayn Ismoiliy.
«Bugungi kunga qadar 100 mingga yaqin mahbus ozod qilindi», dedi u Eron telekanaliga bergan intervyusida.
Eronda koronavirus tarqalishining «ikkinchi to‘lqini» haqidagi rasmiy bayonotlari fonida sud tizimi vakili «ozod qilishning ikkinchi to‘lqini» boshlanganini e’lon qildi.
Hozirgi vaqtda Eronda 38,3 mingdan ortiq infeksiya holati aniqlangan, ulardan 2640 tasi o‘limga olib kelgan. Shu bilan birga, taxminan 12,3 ming kishi tuzalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter