Eronda koronavirus pandemiyasining eng xavfli pallasi ortda qolgani e’lon qilindi

Hasan Ruhoniy.
Eronda koronavirus chekinishni boshladi. «Korrespondent yozishicha, bu haqda bugun, 16-mart kuni mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi.
«Biz virusning avj pallasidan o‘tib olganimizni raqamlar tasdiqlamoqda. Ammo odamlarga hozircha uylaridan chiqmaslikni va tibbiy protokolga amal qilishlarini tavsiya qilaman», — dedi Ruhoniy koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor guruh yig‘ilishida.
Ammo Ruhoniy gap qaysi raqamlar haqida ketayotganini oshkor qilmadi — kasallanganlar sonimi, o‘lganlarmi yoki sog‘ayib ketganlar?
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusdan bir sutkada 129 nafar inson qurbon bo‘ldi: mamlakatda epidemiya tarqaganidan beri jami yo‘qotishlar 853 nafarga yetdi, bu haqda bugun, 16 mart kuni «Associated Press» agentligi xabar berdi. Mamlakatda shu paytgacha koronavirus bilan qariyb 15 ming kishi kasallandi. Fors OAVlari xabarlariga ko‘ra, COVID-19 ga chalinganlarning deyarli 5 ming nafari sog‘ayib ketgan.
Hasan Ruhoniy 17-martdan boshlab ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlari shaharlarga kirish va chiqishda o‘rnatilgan maxsus nazorat-o‘tkazish punktlarida fuqarolarning salomatligini tekshirishga kirishishlarini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus o‘chog‘i — Xitoyda 12 mart kuni epidemiyaning eng xavfli bosqichi ortda qolgani e’lon qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter