Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faqat ikkita hududda koronavirusni yuqtirib olganlar aniqlandi

Faqat ikkita hududda koronavirusni yuqtirib olganlar aniqlandi

2020-yil 5-oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 946 (+87) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 71 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 118, Toshkent viloyatida 104, Jizzax viloyatida 43, Buxoro viloyatida 17, Andijon viloyatida 15, Surxondaryo viloyatida 10, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shu tariqa yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 633 (+315) nafar fuqaro tuzaldi, sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 828 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring