Germaniya iqtisodiyot vaziri koronavirus holatida pulni nimaga tikishni maslahat berdi

Germaniya iqtisodiyot vaziri Peter Altmayer koronavirus inqirozi may oyining oxirigacha davom etishini taxmin qildi. Bu haqda «Reuters» xabar bergan.
«Aprel va may oylarida biz ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishimiz tayin. Albatta, iqtisodiyot ham ancha orqaga ketadi. Taxminimcha, «Covid-19» inqirozidan may oyi oxiridan boshlab chiqa boshlaymiz.
Shuning uchun ham kasallik rivoji bilan aloqador sohalarga pul tikishni o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Men pul tikishni maslahat bermagan bo‘lar edim», — dedi Altmayer.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli dunyoning deyarli barcha davlatlari iqtisodi zarar ko‘rmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter