Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita hududda 108 ta koronavirus holati qayd etildi

Ikkita hududda 108 ta koronavirus holati qayd etildi

Foto: «Inklincity.ru»

2020-yil 30-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 825 (+108) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Toshkent viloyatida, 25 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 282, Toshkent viloyatida 90, Namangan viloyatida 27, Jizzax viloyatida ham 27, Andijon viloyatida 20, Samarqand viloyatida 12, Xorazm viloyatida 9, Navoiy viloyatida 8, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 53 457 (+487) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 898 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring