Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilda kovid ko‘paygani bois ertadan barcha maktablar yopiladi

Isroilda kovid ko‘paygani bois ertadan barcha maktablar yopiladi

Isroilda koronavirusni yuqtirgan fuqarolar soni keskin ko‘paygani bois payshanba kuni mamlakatdagi barcha maktablar yopiladi. Bir kunda 5 523 ta yangi holat qayd etilgan. Dastlab o‘quv muassasalari juma kuni yopilishi taxmin qilingandi, deb yozadi «Jerusalem Post» gazetasi hukumat qaroriga tayanib.

Isroilda koronavirusga qarshi kurash bosh koordinatori professor Roni Gamzu mazkur qaror tashabbuskori ekanligi ta’kidlanmoqda. Seshanba kuni u sog‘liqni saqlash vaziri Yuliy Edelshteyn va ta’lim vaziri Yoav Gallantga zudlik bilan maktablarni yopishni so‘rab maktub yo‘llagan.

«Hukumat mutaxassislarning tavsiyalariga xilov ravishda o‘quv muassasalari faoliyatini tiklab noto‘g‘ri qaror qabul qildi. Biz hozir tahsil olayotganlar orasida ham, butun Isroil aholisi orasida ham infeksiya tarqalishini kuzatyapmiz», — deyiladi Gamzuning maktubida.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilda 166 794 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 122 785 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan. 1 147 nafar bemor esa hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring