Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST koronavirus tarqalishi barqarorlashganini e’lon qildi

JSST koronavirus tarqalishi barqarorlashganini e’lon qildi

Foto:«TASS»

JSST sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayanning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasining tarqalishi «yuqori darajada» barqarorlashdi. Bu haqda bayonot Tvitterda e’lon qilingan.

«Agar siz grafikni ko‘rib chiqsangiz kasallik tarqalishida co‘nggi ikki hafta ichida qandaydir barqarorlashuv bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin, bu juda yuqori darajada bo‘lgan», - deydi Rayan.

Shuningdek, u COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat ikki-uch oy avvalgidan yaxshiroq ekanligini ta’kidlagan. 

Ammo jarayon jahon bo‘ylab notekis ketmoqda: ayrim hududlarda o‘sish, ba’zilarida esa pasayish kuzatilmoqda. Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 184 million nafarga yetgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring