Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST rasmiysi pandemiya yana qancha vaqt davom etishini aytdi

JSST rasmiysi pandemiya yana qancha vaqt davom etishini aytdi

Bu yil koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq nazorat qilinadi va 2022-yilda pandemiya tugaydi.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa bo‘limi boshlig‘i Xans Klyuge Die Welt nashriga ma’lum qilgan.

«O‘ylaymanki, 2021-yil COVID-19 ning yana bir yili bo‘ladi. Ammo bu yil kasallik boshqariladi. Chunki biz kasallik to‘g‘risida ko‘p narsalarni bilamiz. Bizda vositalar, diagnostika dasturlari, vaksinalar mavjud. Shuning uchun men 2022-yil boshiga kelib pandemiya tugaydi degan taxmindaman», - deydi u.

Klyugening fikriga ko‘ra, kasallik butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi. Balki davriy kasallik bo‘lib qolaveradi. Uni davolash vositalari o‘ylab topiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring