Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirganlar soni keskin oshmoqda

Koronavirus yuqtirganlar soni keskin oshmoqda

2020-yil 1-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24304 (+295) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 191 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Farg‘ona viloyatida hamda 4 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 14464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9697 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 594 nafari og‘ir, 197 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring