Koronavirusga chalingan fuqaroga 40 mln. so‘m kompensatsiya chiqarib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.T. fuqaro Z.F.ning ishonchiga kirib, o‘zini yuqori turuvchi davlat tashkilotida ishlashini aytib, undan koronavirus infeksiyasiga chalingan opasi G.F.ga tanishlari orqali 40 mln. so‘m kompensatsiya puli tayinlatib berish evaziga 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, G.T. fuqaro U.dan 2 000 AQSh dollari va fuqaro M.dan 750 AQSh dollarini olib, ularni «Lukoyl» kompaniyasiga ishga joylashtirishni va’da qilib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan G.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter