Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga noto‘g‘ri tekshirilgan minglab shifokor va hamshiralar ishga borib kelishgan

Koronavirusga noto‘g‘ri tekshirilgan minglab shifokor va hamshiralar ishga borib kelishgan

Foto: «Novorosinform.org»

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati (NHS) xodimlari  COVID-19 koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun noto‘g‘ri testlardan foydalanishgan, deya xabar berdi «Daily Telegraph» nashri.

Nashrning ta’kidlashicha, taxminan 100 ming nafar NHS xodimi va ularning qarindoshlari ishga chiqish uchun ushbu testlardan o‘tishgan. Biroq 11-aprel kuni Angliya sog‘liqni saqlash departamenti (PHE) xodimlarga xizmat hujjatini yuborgan. Unda test natijalari avval o‘ylaganidan ko‘ra ishonchsizroq ekanligi aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, PHE va NHS laboratoriyalarida o‘tkazilgan testlar «teskari natijalarni» berib, bir xil bo‘lmagan namunalarni qayta tekshirish talab etiladi.

«Bu koronavirus aniqlanmadi deb aytilgan NHS ning minglab shifokor va hamshiralari zararli bo‘lishiga qaramay, ishga borib kelishganini anglatadi», — deb yozadi gazeta.

PHE ning barcha 12 ta markazi payshanba kuni mavjud testlardan foydalanishni to‘xtatib, tijorat kompaniyalari taqdim etgan testlar yordamida tahlil olish buyurildi. Keyinchalik Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Xelen Ueytli «Sky News» telekanaliga NHS xodimlari qaytadan tahlil topshirishini ma’lum qildi.

«Biz yetarlicha yaxshi emas deb hisoblagan testdan o‘tganlarga yana bir bor testdan o‘tishni taklif qildik», — dedi Ueytli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring