Koronavirusning bitta shtammi tarqalsa, boshqa shtamm yo‘qolmaydi

AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholining savollariga javob qaytarildi.
— Aslida koronavirus infeksiyasini tarqalishi infeksiyani mutatsion shtammalari paydo bo‘lishini keltirib chiqaradi deb biz bot-bot qaytaramiz. Bu degani yangi shtamm paydo bo‘lsa eski turi yo‘qoladi degani emas, ya’ni birlamchi paydo bo‘lgan virus turi ham tarqalishni davom etaveradi.
Ko‘p holatlarda koronavirus tasdiqlangan bemorlarda kasallik kechuvi va yuzaga chiqayotgan klinik belgilari asosida shifokorlar taxmin qilishlari mumkin. Lekin, kasallik birlamchi koronavirus oqibatida yoki boshqa biror mutatsion shtamm oqibatida kuzatilayotganini quyidagi usullarda tasdiqlanadi:
PZR-test usulida koronavirus infeksiyasi bemorlarning organizmiga virus tushganini bildiradi va bu usulda virusning yuklamasi qanchaligini bilish mumkin.
Virusni mutatsion shtammlarini aniqlash uchun esa bu testdan tashqari qo‘shimcha ravishda maxsus skrinirovaniye usuli o‘tkaziladi, bu qo‘shimcha usulda koronavirusning qaysi shtammi ekanligini bilish mumkin.
Koronavirusni qaysi turi yoki mutatsion shtammi kuzatilishi ularning kechuvi va klinik belgilariga qarab hamda labarator tekshiruvlardan farqlash mumkin. Bugungi kunda tarqalayotgan kasallanishlarda koronavirusning mutatsion shakllarini yengilrok kechuvi ham bor, og‘ir va jadal o‘ta og‘ir darajaga o‘tuvchi shtammlari ham bor.
Shunga bugungi kunda qanday shtamm bo‘lmasin bu kasallik bilan kasallangandan ko‘ra, oldini olish va vaksina bilan himoyalanish juda zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter