Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi virusga o‘xshash: Yangi «stels-omikron»ning simptomlari aniqlandi

Birinchi virusga o‘xshash: Yangi «stels-omikron»ning simptomlari aniqlandi

Foto: «Svtrr»

Koronavirus omikron-shtammining yangi ko‘rinishi — BA.2 simptomlari bilan birinchi virusni eslatadi, biroq ayrim farqlari bor. Uni qanday aniqlash haqida Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash bo‘yicha xavfsizlik agentligi (UKHSA) ma’lum qildi.

Yangi mutatsiya uchun xos alomatlar — yuqori harorat, tinimsiz yo‘tal, hid va ta’m bilishning yo‘qolishi yoki buzilishi. Mutaxassislar bundan xosroq alomatlarni hali aniqlash kerak, deyishmoqda. Yuqoridagi alomatlardan bir yoki bir nechtasi kuzatilayotganda kovid-test topshirish va o‘zini yakkalashga o‘tish tavsiya qilinyapti.

«Omikron»ning yangi xili (BA.2) o‘tgan hafta aniqlangandi. Birinchisi (BA.1)dan hatto laboratoriya sharoitida ham farqlash qiyinligi uchun uni «yashirin» yoki «stels-omikron», deb nomlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring