Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda qariyb 190 million kishi kovidni yuqtirib oldi

Dunyoda qariyb 190 million kishi kovidni yuqtirib oldi

Foto: Pradeep Gaur/Keystone Press Agency/Global Look Press

Dunyoda COVID-19ga chalinganlar soni yakshanba kuni ertalab 189 998 957 kishini tashkil etdi, deya xabar berdi Amerikaning Jons Xopkins universiteti.

Pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 va shu bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etganlar soni 4 082 349 kishiga yetdi.

15 milliondan ortiq kasallanganlar qayd etilgan mamlakatlar ro‘yxatiga AQSh, Hindiston va Braziliya kiradi. Ushbu ro‘yxatda AQSh birinchi o‘rinda: 34 069 064 COVID-19ga chalingan va 608 898 ta kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ro‘yxatda keyingi o‘rinda Hindiston bormoqda: 31 106 065 holat va 413 609 o‘lim.

Braziliyada 19 342 448 ta holat qayd etilgan bo‘lib, 541 266 kishi vafot etdi. Mamlakat reytingda uchinchi o‘rinni egallagan.

Worldometer statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni ertalab dunyoning 1 million aholisiga 525,9 ta o‘lim to‘g‘ri keladi. AQShda 1 million aholiga 1876 kishi, Hindistonda — 297, Braziliyada — 2528 o‘lim kuzatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring