Tokioda Olimpiada ishtirokchilari uchun COVID vaksinalari e’lon qilindi

Tokio Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari Pfizer va BioNTech kompaniyalarining COVID-19ga qarshi vaksinalaridan foydalanishlari mumkin. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) saytida xabar berilgan.
Milliy olimpiya qo‘mitalari (MOQ) vaksinalar partiyasi taqsimlanishini har bir mamlakatda emlash bo‘yicha ko‘rsatmalar va mahalliy qonunlarga muvofiq ravishda muvofiqlashtirish bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari bilan ishlaydi.
Vaksina ehsoni — Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini barcha ishtirokchilar uchun xavfsiz bo‘lishiga yordam beradigan hamda O‘yinlar mezbonlari bilan birdamligini namoyon qiladigan chora-tadbirlarning yana bir vositasidir. Biz sportchilar va olimpiya delegatsiyalari a’zolaridan namuna ko‘rsatib, qayerda va qachon imkon bo‘lganda vaksina olishlarini so‘raymiz, — dedi XOQ rahbari Tomas Bax.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter