Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori darajasiga yetdimi?

Qirg‘iziston koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori darajasiga yetdimi?

Foto: «Yandex.com»

Qirg‘iziston koronavirus bilan kasallanish cho‘qqisiga yetdi, deya matbuot anjumanida ma’lum qildi respublika sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Nurbolot Usenbayev.

«Bugun 38 kishi shifoxonadan chiqariladi va 19 kishida yangi holat aniqlandi. Bu raqamlar orasidagi tafovut yaxshi tamoyildan darak bermoqda. Mutaxassis sifatida aytishim mumkinki, biz kasallanishning eng yuqori darajasiga yetdik», — dedi vazir o‘rinbosari.

Bugungi kunda respublikada COVID-19 ni yuqtirganlar soni 631 kishiga yetgan, ulardan 162 nafari tibbiyot xodimi va 12 nafari huquqni muhofaza qilish xodimlari. Sakkiz kishi vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qariyb 9 ming kishi kasallikni yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan. 302 kishi, jumladan, 45 nafar tibbiyot xodimi tuzalgan.

Koronavirus tarqalganligi bois respublikada favqulodda holat tartibi joriy etilgan. Bir qator shaharlar, jumladan, poytaxt favqulodda holat tartibida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring