Qirg‘iziston parlamenti sobiq spikeri koronavirusdan vafot etdi

Bugun Qirg‘izistondagi Respublika klinik infeksion shifoxonasida jamoat arbobi Mukar Cholponbayev 70 yoshida vafot etdi. Shifoxonaga 5- may kuni keltirilgan Cholponbayevga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, 12 may kuni jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan edi.
Cholponbayev avvaldan yurak-qon tomir, buyrak xastaliklaridan ham aziyat chekib kelgan.
Mukar Cholponbayev Qirg‘iziston Adliya vaziri, parlament deputati bo‘lgan. 1995-1996 yillarda parlament spikeri lavozimida faoliyat yuritgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus qayd etilishlari soni 1 403 taga yetdi, sog‘ayganlar — 980 nafar, vafot etganlar — 14 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter