Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni mingdan oshdi: 232 nafari tibbiyot xodimi

Qirg‘izistonda koronavirusni yuqtirganlar soni mingdan oshdi, deya ma’lum qildi COVID-19 ga qarshi kurash respublika shtabi.
«2020-yil 10-may holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha 71 ta yangi SOVID-19 holati qayd etildi», — dedi shtab vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ulardan 55 nafari yaqinda Rossiyaning Sol-Iletsk shahridan kelgan Qirg‘iziston fuqarolari hisoblanadi.
«RIA Novosti»ning yozishicha, shu tariqa Qirg‘izistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 1002 kishiga yetdi, ulardan 232 nafari — tibbiyot xodimi. 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 675 kishi sog‘ayib, shifoxonadan chiqqan. Pandemiya davrida respublikada koronavirusga 65 mingta test o‘tkazilgan.
Kasallik tarqalgani bois mamlakatda favqulodda holat joriy etilgan. Bir qator shaharlar, jumladan, poytaxt ham favqulodda holat tartibida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter