Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kutilmoqda

Qozog‘istonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kutilmoqda

Foto: «The Chronicle Herald»

«REGNUM» yozishicha, Qozog‘istonda kuzning ikkinchi yarmida koronavirusni yuqtirish holatlari oshishi kutilyapti. Bu haqda Jamoat salomatligi milliy markazi direktori Damir Kobjasarov SSV da o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

Kobjasarov taa’kidlaydiki, virus tarqashda davom etyapti — qozog‘istonlik va xorijlik mutaxassislarning fikri bir joydan chiqyapti. Bundan tashqari, virus mutatsiyaga uchrash xususiyatiga ega.

U qozog‘istonliklarni xavfni yodda tutgan holda, bo‘shashmaslikka chaqirdi. Kasallikni alomatsiz tashuvchilar ham bor, virus ulardan boshqalarga ham yuqishi mumkin.

Qozog‘istonda 8-may holatiga koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 4753 ta holat qayd etilib, bemorlarning 1582 nafari tuzalib ketgan, qurbonlar soni — 31 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring