Rossiyada ahvol og‘irlashmoqda

Pandemiya boshlanganidan beri Rossiyada KOVID-19 koronavirusi infeksiyasini yuqtirib olganlar umumiy soni 2 milliondan oshdi, deb xabar berilmoqda Federal tezkor shtab ma’lumotlarida. Rbc.ru yozishicha, so‘nggi kun davomida mamlakatda 23610ta yangi infeksiya holatlari aniqlandi. Natijada umumiy holatlar soni 2015608ga ko‘paydi.
Rossiyada ketma-ket sakkiz kun davomida 20 mingdan ortiq KOVID-19 infeksiyasi aniqlangan.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri dunyo bo‘ylab KOVID-19 infeksiyasiga chalinganlar umumiy soni 56,25 milliondan oshgan. Shu bilan birga, Rossiya eng ko‘p holatlar aniqlangan besh mamlakat qatoriga kiradi. Bu reytingda undan yuqorida faqat:
- AQSh –11,5 mln.dan ortiq;
- Hindiston –8,95 mln. atrofida;
- Braziliya – 5,95 mln;
- Fransiya – 2,1 mln.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter