Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan kasallanishlar soni yana ko‘paymoqda

Koronavirusdan kasallanishlar soni yana ko‘paymoqda

2021-yil 11-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103206 (+314) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 10 nafari Jizzax viloyatida,
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 21 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 9 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 17 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 42 nafari Toshkent viloyatida,
  • 172 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 99152 (+229) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 705 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3349 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring