SSV yangi kasallanish holatlari haqida ma’lumot berdi

2020-yil 5-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 370 (+77) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Toshkent viloyatida, 27 nafari Toshkent shahrida hamda 3 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 324 nafar, Toshkent viloyatida 95 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 8 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 40 880 (+448) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 147 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter