Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rt hududda yangi bemorlar aniqlandi. 30 kishining ahvoli o‘ta og‘ir

To‘rt hududda yangi bemorlar aniqlandi. 30 kishining ahvoli o‘ta og‘ir

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 24-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 986 (+118) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Toshkent shahrida, 31 nafar Samarqand viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida hamda 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 149 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

8 734 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 118 nafari og‘ir, 30 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring