Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar ko‘pchilikni tashkil etdi

Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar ko‘pchilikni tashkil etdi

Foto: «Yandex»

2020-yil 14-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 821 (+260) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 127 nafari Toshkent viloyatida, 105 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida, 3 nafardan Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida hamda 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 72 yoshli A.Ya. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 36 yoshli F.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 346 nafar, Toshkent viloyatida 256 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, jami 612 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 27 825 (+612) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 5 776 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring