Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol va yaqinda farzandli bo‘lgan ayol butkul sog‘aydi

Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol va yaqinda farzandli bo‘lgan ayol butkul sog‘aydi

Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida ilk bor koronavirusga chalingan 2 nafar bemor: yaqinda farzandli bo‘lgan ayol hamda homilador ayol sog‘ayib chiqishdi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Birinchi bemor ayol 38 yoshda bo‘lib, Namangan shahridan. Joriy yil 31 mart kuni Toshkent shahar perinatal markazida farzandli bo‘lgan. Onada koronavirus infeksiyasi aniqlangach, 3-sonli tug‘ruq majmuasiga olib kelingan. Uning farzandida esa koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Homilador ayol esa 28 yoshda bo‘lib, Samarqand shahridan. U joriy yil 26 mart kuni Turkiyadan Toshkentga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, 3-sonli tug‘ruq komleksiga olib kelingan. Ayni paytda 32 haftalik homilasi rivojlanmoqda.

Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ikki nafar bemorda ham koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 765 nafarga yetdi. Bugunning o‘zida 58 kishi kasaldan tuzalgan. Biroz vaqt muqaddam Buxoroda va Toshkentda sog‘ayib ketgan hamyurtlarimiz haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring