Trampning saylovoldi shtabida koronavirus epidemiyasi tarqaldi

Donald Trampning saylovoldi shtabida koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi.
Kasallikni yuqtirganlarning barchasi shanba kuni o‘tkazilgan mitingda qatnashishgan edi.
Saylovoldi shtabining matbuot xizmati navbatdagi test natijalari yana ikki nafar xodimda koronavirus borligini tasdiqlaganini xabar berarkan, ular ham shanba kungi mitingda qatnashganini ma’lum qildi. Virusni yuqtirganlarning barchasi o‘sha kuni niqobda bo‘lishgan.
Donald Trampda kasallik aniqlanganmi-yo‘qmi, ma’lum qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter